Mahsulot harakati
Maqolalar
09.02.2026


Quyidagi maqolamizda, mahsulot harakatini kuzatish biznesda qanday yordam berishini ko'rib chiqdik:
Nazorat va shaffoflik
Kuzatuv tizimi esa sizga aniq ma’lumot beradi:
qaysi tovar qayerda ekanini,
qaysi xodim javobgar ekanini,
qachon va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganini.
Natijada biznes jarayonlarida tartib paydo bo‘ladi. Masalan, mahsulot noto‘g‘ri joylashtirilgan yoki yetkazib berish kechikkan bo‘lsa, muammo darhol aniqlanadi. Xatolar yashirin qolmaydi va tezkor tuzatiladi.
Mas’uliyatni oshiradi
Mahsulot harakatini kuzatish tizimi har bir xodimning javobgarligini oshirishga yordam beradi. Har bir mahsulotning qayerda ekanini, kim javobgar ekanini va qachon o‘zgarish sodir bo‘lganini bilish orqali:
Xodimlar vazifalarini aniq va mas’uliyat bilan bajaradi. Har bir harakat tizimda qayd etilganligi sababli noto‘g‘ri amaliyotlar yoki e’tiborsizlik yashirin qolmaydi.
“Men bilmayman” yoki “yo‘qolib qoldi” kabi holatlar kamayadi, chunki barcha jarayonlar shaffof va kuzatiladi.
Ish jarayoni tartibli bo‘ladi, xodimlar samarali ishlaydi va muammolar tezroq hal qilinadi.
Moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytiradi
Distributsiyada eng ko‘p uchraydigan muammolar moliyaviy nazorat bilan bog‘liq. Jumladan:
hisobga olinmagan chiqimlar,
noto‘g‘ri kiritilgan buyurtmalar,
qayd etilmagan yoki unutib yuborilgan "возврат"lar.
Tovar harakatini kuzatish ushbu holatlarni vaqtida aniqlashga yordam beradi. Natijada pul oqimi aniq nazorat qilinadi va keraksiz yo‘qotishlar kamayadi.
Sales Doctor tizimi esa sizga mahsulot harakatini qulay kuzatish imkonini beradi
Maqolani ulashish:
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan