Distributsiyada mahsulot savdosini tahlil qilish
Maqolalar
16.02.2026


Distributsiya sohasida savdoni oshirish uchun ko‘proq ishlash emas, ma’lumotlarga tayangan holda to‘g‘ri ishlash muhim. Bozor tez o‘zgaradi, xaridor talabi dinamik, raqobat yuqori. Shunday sharoitda mahsulot savdosini muntazam tahlil qilish kompaniyaga strategik ustunlik beradi.
Quyida savdo tahlili biznesga qanday aniq natijalar berishini ko‘rib chiqamiz.
1. Savdo to‘xtab qolishining oldini olish
Eng katta yo‘qotish — bu mavjud talab fonida mahsulotning tugab qolishi (out-of-stock).
Tahlil orqali:
qaysi SKU tez aylanayotganini,
qaysi hududda talab yuqoriligini,
qaysi mijoz segmentida mahsulot tez tugayotganini aniqlash mumkin.
Natijada ta’minot rejalashtiriladi va savdo uzluksiz davom etadi. Bu ayniqsa distributsiya biznesida muhim, chunki javob tezligi daromadga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
2. Muzlab qolgan mablag‘larni aniqlash
Ortiqcha zaxira — bu omborda yotgan pul.
Tahlil quyidagilarni ko‘rsatadi:
qaysi mahsulot sekin aylanmoqda,
qaysi tovar ortiqcha miqdorda buyurtma qilingan,
qaysi SKU assortimentdan chiqarilishi kerak.
Shu asosda:
ortiqcha zaxira qisqartiriladi,
pul oqimi yaxshilanadi,
rentabellik oshadi.
3. ABC va rentabellik nazorati
DIstributsiyada barcha mahsulotlar teng daromad keltirmaydi.
Savdo tahlili yordamida:
A kategoriyadagi asosiy daromad keltiruvchi mahsulotlar aniqlanadi,
B va C kategoriyadagi mahsulotlar optimallashtiriladi,
past marjali SKUlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Natijada e’tibor va resurslar eng foydali pozitsiyalarga yo‘naltiriladi.
4. To‘g‘ri buyurtma strategiyasi
Ko‘pchilik buyurtmani “taxmin” asosida beradi. Bu esa ortiqcha qoldiq yoki yetishmovchilikka olib keladi.
Tahlil asosida:
tavsiya etilgan zaxira darajasi shakllantiriladi,
minimal va maksimal limitlar belgilanadi,
mavsumiy o‘zgarishlar hisobga olinadi.
Sales Doctor tizimida tavsiya etilgan zaxira miqdorini ko‘rib, oldindan choralar ko‘rishingiz mumkin. O'rganish uchun bosing
Maqolani ulashish:
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan