
Bosh sahifa
Ombor boshqaruvi bo'yicha amaliy tavsiyalar: OOS (Out-of-Stock) xavfini kamaytirish | 2026
Ombor boshqaruvi bo'yicha amaliy tavsiyalar: OOS (Out-of-Stock) xavfini kamaytirish | 2026
Maqolalar
08.07.2026


Sales doctor distributsiyani avtomatlashtirish va qoldiqlarni nazorat qilish dasturi 2015-yildan buyon soha ichidagi muammolarga yechim berish bilan shug'ullanib kelmoqda. 11 yillik tajribamizdan kelib chiqib ayta olamizki distribyutsiyadagi og'riqlardan biri bu OOS (Out-of-Stock), ya'ni kerakli mahsulotning omborda yoki do'kon peshtaxtasida tugab qolishidir. Bu holat ayniqsa FMCG (kunlik iste'mol mahsulotlari) biznesida eng ko'p uchraydigan va eng ko'p zarar keltiradigan holatlardan biri bu. Shuning uchun sales doctor dasturidan foydalanuvchi mijozlarimizning aksariy qismi FMCG biznesi vakillari hisoblanishadi.
Kuchli raqobat sharoitida do'kon egasi sizning tovarni olib kelishingizni kutib o'tirmaydi. Mahsulot kerak bo'lganda darhol raqobatchining mahsulotini xarid qiladi. Xo'sh, ombor qoldig'ini qanday qilib to'g'ri boshqarish va OOS (Out-of-Stock) ni qisqartirish mumkin? Bunga biznesni avtomatlashtirish orqali erishish mumkin. Bu holatni tajribamiz asosida aniq raqamlar va amaliy qadamlar bilan tahlil qilamiz.
OOS (Out-of-Stock) biznesga qanchaga tushadi?
Bu haqida jamoamiz bilan birga kichik video ham tayyorlagandik:

Omborda tovarning kutilmaganda tugab qolishi shunchaki kichik noqulaylik emas, bu to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy zarardir.
Tahlil va statistik ma'lumotlarga ko'ra, OOS holatlari tufayli distribyutorlar va ishlab chiqaruvchilar o'z oylik aylanmasining o'rtacha 10-15% qismini boy beradilar.
Bundan tashqari, OOS ning yashirin ya'ni sizga darhol sezilmaydigan zararlari ham bor:
Sodiq mijozlarning kamayishi: Do'kon egasi sizning agentingiz orqali buyurtma bera olmagach, ishonch tobora yo'qoladi.
Logistik xarajatlar: Yo'q tovarni sotib qo'yish (buxgalteriya va ombor o'rtasidagi tafovut sababli) tovarlarning qaytishi va transport xarajatlarining oshishiga olib keladi.
OOS xavfini kamaytirish uchun 4 ta amaliy tavsiya
Endi avtomatlashgan distribyutsiya dasturi yordamida zaxiralarni aqlli boshqarish usullarini ko'rib chiqamiz:
1-qadam: "Min/Max Stock" (Minimal va Maksimal qoldiq) funksiyasini ishga tushiring
Tovarlarning tugashini ular tugab bo'lgandan keyin emas, oldindan bilish kerak. Sales Doctor avtomatizatsiya dasturi yordamida har bir tovar pozitsiyasi uchun minimal qoldiq chegarasi belgilanadi.
Amaliyotda: Ombordagi "A" toifali mahsulot zaxirasi 100 qutidan pastga tushganda, Sales Doctor tizimi ta'minot bo'limiga avtomatik signal (xabarnoma) yuboradi. Natijada zaxira vaqtida to'ldiriladi.
2-qadam: Ombor va savdo agentlari o'rtasida onlayn sinxronizatsiya
OOS ko'pincha agent do'konda turib, omborda yo'q tovarga buyurtma olganda yuzaga keladi. Agentning smartfonidagi ilova ombordagi real qoldiqni real-time ko'rsatib turishi shart. Tizimda mahsulot buyurtma qilinishi bilan, boshqa agentlar o'sha tovarni sota olmaydi. Bu qaytarilishlar (vozvrat) va mijoz noroziligini keskin kamaytiradi.
3-qadam: ABC tahlili orqali prioritetlarni belgilash
Ombordagi barcha tovarlar bir xil darajada muhim emas. Daromadning 80% ini keltiradigan 20% tovarlar (A toifa) hech qachon tugab qolmasligi kerak (buni Pareto qoidasi deyishadi). Biznesni avtomatlashtirish platformalari yordamida oylik savdo ma'lumotlarini tahlil qilib, eng xaridorgir tovarlar ro'yxatini aniqlang va ularning ombor zaxirasini doimiy nazoratda ushlang.
4-qadam: Inson omilini qisqartirish (Inventarizatsiya)
Omborda qog'oz bilan inventarizatsiya qilish haftalab vaqt oladi va xatolarga boy bo'ladi. Hozirgi zamonaviy tizimlarda shtrix-kod va TSD (ma'lumot yig'ish terminallari) yordamida inventarizatsiya jarayoni bir necha soat ichida, aniq raqamlar bilan amalga oshiriladi.
Sales Doctor: Omborni boshqarishdagi yechimingiz bo'lsin
Sales Doctor platformasi aynan shu kabi yo'qotishlarni bartaraf etish uchun yaratilgan. U faqatgina savdo agentlarini boshqarish bilan cheklanib qolmaydi, balki to'liq ombor va zaxiralarni boshqarish (WMS) imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.
Nimalarga erishasiz?
Zaxiralar harakati (kirim, chiqim, ko'chirish, spisaniya) to'liq shaffoflashadi.
Aniq raqamlarga asoslangan qarorlar: Qaysi tovar chang bosib yotganiyu, qaysi biri tez sotilayotganini aqlli dashbordlar orqali kuzatasiz.
OOS (Out-of-Stock) ko'rsatkichi 10-15% dan 1-2% gacha minimallashadi, bu esa yo'qotilayotgan daromadni o'z kassangizda olib qolish demakdir.
Omboringizdagi haqiqiy holatni va OOS sabab yo'qotayotgan pullaringizni hisoblab ko'rmoqchimisiz? Hoziroq biz bilan bog'laning va Sales Doctor tizimining bepul onlayn-demosiga yoziling. Tizimimiz biznesingizga qanday qilib barqarorlik va qo'shimcha daromad olib kelishini real dastur yordamida ko'ring!
Ko'proq maqolalar: https://salesdoc.io/uz/blog
Boshqa loyihalarimiz:
- iBox: chakana savdo va retail uchun
- iDokon: oziq-ovqat do'konlari uchun
Telefon: +998 55 500 03 05
Elektron pochta: info@salesdoc.io
Sayt: salesdoc.io
Sales Doctor — Avtomatlashtiring. Nazorat qiling. Rivojlaning.
Maqolani ulashish:
Boshqa loyihalarimiz
© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan