Mobil savdo dasturi tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?
Maqolalar
02.04.2026


Mobil savdo dasturi tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?
Bugungi distribyutsiya biznesida asosiy muammo — nazorat emas, balki ko‘rinmaslik. Rahbariyat ko‘pincha savdo vakillari kun davomida nima qilayotganini, qaysi nuqtalarda muammo borligini yoki qayerda imkoniyat yo‘qotilayotganini aniq ko‘ra olmaydi.
Shu muammoni hal qilish uchun kompaniyalar mobil savdo tizimlariga o‘tmoqda.
Mobil savdo tizimi nima beradi?
Mobil savdo dasturi savdo vakilining asosiy ish quroliga aylanadi. Barcha jarayonlar — tashrifdan tortib buyurtmagacha — bitta tizim ichida amalga oshiriladi.
Natijada:
har bir tashrif nazorat ostida bo‘ladi
buyurtmalar joyida va tez rasmiylashtiriladi
savdo nuqtasidagi holat real vaqtda ko‘rinadi
rahbariyat aniq ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi
Bu esa “taxmin” bilan boshqaruvni aniq raqamlar bilan boshqaruvga aylantiradi.
Nega an'anaviy usullardan endi foyda yo'q?
Ko‘plab distibyutorlar hali ham quyidagi vositalardan foydalanishadi:
Excel jadvallar
Telegram guruhlar
oddiy CRM tizimlari
Ammo bu vositalar bir muammoni hal qilmaydi: real vaqt nazorati yo‘qligi.
Natijada:
xatoliklar ko‘payadi
ma’lumot kechikib keladi
savdo vakillari faoliyati to‘liq nazorat qilinmaydi
imkoniyatlar yo‘qotiladi
Biznes o‘sishi uchun esa tezlik va aniqlik muhim rol o‘ynaydi.
O'zingizga mos mobil savdo dasturini qanday tanlash mumkin?
Quyidagi 4 ta omilga e'tibor berish muhim:
1. Oddiylik
Savdo vakili uchun tizim maksimal darajada sodda bo‘lishi kerak. Aks holda u ishlatilmaydi.
2. Moslashuv
Har bir kompaniyadagi jarayonlar bir biridan farq qiladi. Dastur sizga moslashishi kerak, siz dasturga emas.
3. Integratsiya
Buxgalteriya, ombor yoki ERP tizimlari bilan bog‘lanishsiz tizim to‘liq ishlamaydi.
4. Hamkorlik
Tizimni taqdim qiluvchi kompaniya sizga faqat mahsulot emas, balki:
joriy etish
o‘qitish
qo‘llab-quvvatlash
ham taqdim etishi kerak.
Joriy etilgandan keyin nima o‘zgaradi?
Agar tizim to‘g‘ri joriy etilsa, natijalar tez seziladi:
savdo vakillari samaradorligi oshadi
tashriflar soni ko‘payadi
buyurtmalar aniqligi yaxshilanadi
savdo hajmi o‘sadi
ichki intizom kuchayadi
Eng muhimi - jamoada“ko‘r-ko‘rona boshqaruv” yo‘qoladi.
Sales Doctor qanday yordam beradi?
Sales Doctor - bu oddiy mobil ilova emas. Bu savdo jarayonlarini tizimlashtiruvchi to‘liq yechim.
U quyidagilarni ta’minlaydi:
savdo jamoasini to‘liq nazorat qilish
real vaqtdagi hisobotlar
tez joriy etish va oson moslashish
xodimlarni tizimga o'rgatish
doimiy yangilanib boruvchi funksiyalar
Natijada siz shunchaki nazorat qilmaysiz, aksincha savdoni ongli ravishda boshqarasiz.
Hoziroq biz bilan bog'laning: 555000305
Maqolani ulashish:
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan
Boshqa loyihalarimiz
© 2025 Barcha huquqlar himoyalangan