Savdo nuqtalari uchun savdo rejasi qo‘yish: Muvaffaqiyat formullari
Savdo nuqtalari bilan ishlash — bu faqat mahsulot yetkazib berish emas, balki butun savdo ekotizimining samaradorligini belgilovchi asosiy halqadir. Ammo amalda ko‘plab kompaniyalar ushbu halqaning boshqaruvini intuitiv qarorlar, og‘zaki topshiriqlar va rejasiz yondashuvga tayanib amalga oshirmoqda. Bu esa savdo samaradorligining pasayishi (supply chain disbalance), va ko‘zda tutilgan rentabellik darajasiga ham erishib bo’lmaydi.

Ko‘p holatlarda agentlar o‘z tashriflarini mustaqil ravishda rejalashtiradi, do‘konlarga qanday mahsulot taklif qilinishini ham o‘zi belgilaydi. Bunday subyektiv modelda ko‘rsatkichlar qat’iy monitoring qilinmagani uchun savdo sikli raqamli asosda emas, balki odam xotirasiga tayanib qoladi. Natijada esa distributsiyadagi eng muhim mezon — SKU samaradorligi (ya'ni, har bir mahsulotning muayyan nuqtadagi rentabelligi) yo‘qoladi.

Ilmiy yondashuvda bu holatni quyidagi formulada ifodalash mumkin:

Psku = R/V

Bu yerda:
  • Psku — Mahsulot birligining daromadlilik ko‘rsatkichi
  • R — Nuqtadagi mahsulotdan olingan daromad
  • V — Shu mahsulotga sarflangan tashriflar soni, logistika va vaqt resursi

Agar bu koeffitsiyent past bo‘lsa, demak agent noto‘g‘ri mahsulotni, noto‘g‘ri vaqtda taklif qilgan.
Yechim juda oddiy. Har bir savdo nuqtasini noyob obyekt sifatida ko‘rib, u bilan bog‘liq rejani shaxsiylashtirilgan ma’lumotlar asosida tuzish kerak. Ushbu rejalashtirish quyidagi ma’lumotlarga tayanadi:

  • Do‘konning xarid tarixi
  • Mijoz segmenti
  • Mavsumiy tendensiyalar
  • Agent avvalgi bajargan KPI’lari
  • Geografik ko‘rsatkichlar

Bu ma’lumotlarni albatta o’zingiz qila olmaysiz. Sizga barcha ma’lumotlarni to’playdigan, ularni qayta ishlab sizga barcha hisobotlarni taqdim qiladigan dastur kerak. Misol uchun SALES DOCTOR, bu rejalashtirish va nazoratni aniq ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiruvchi ERP tizimi. U yuqoridagi model asosida har bir do‘konga individual strategik reja tuzadi va agentga mobil ilova orqali etkazadi. Bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:

  1. Tashriflar maqsadli va samarali bo‘ladi
  2. Buyurtmalar real ehtiyojga asoslangan bo‘ladi
  3. KPI’lar doimiy ravishda monitoring qilinadi
  4. Resurslardan optimal foydalanish ta’minlanadi
Shuningdek, fakt va reja o‘rtasidagi tafovutlar avtomatik ravishda aniqlanib, shunga mos tavsiyalar beriladi.

Natijaning formulasi oddiy: Reja + Nazorat. Bugungi bozorda g‘alaba qozonish uchun mahsulot sifati yoki narxi yetarli emas. O’tmishdagi ma’lumotlarni tahlil qilib kelajak uchun aniq rejalar qo’yish kerak. Zamonaviy Distributsiyada savdo nuqtasiga reja qo‘yish — bu shunchaki qo’shimcha ustunlik emas, bu yo’lga qo’yilishi qilinishi shart bo’lgan asoslardan biri.

Biznesning butun daromad modelini boshqaruvchi markaziy mexanizmga jiddiyroq e’tibor bering
Vakansiya uchun
©Barcha huquqlar himoyalangan 2024
Сообщение об успешной отправке!
Made on
Tilda