Distributsiyada ko‘rinmas yo‘qotishlar: siz sezmagan lekin biznesingizni yemirayotgan muammolarDistribusiya biznesida yo‘qotishlar doimiy muammo. Ammo ba’zan zarar faqat pulda hisoblanadigan xatolar yoki do’konlarda qolib ketgan qarzdorliklar bilan cheklanmaydi. Ayrim yo‘qotishlar shunchalik "ko‘rinmas"ki, kompaniya ularni e’tiborga olmaydi, natijada daromad pasayadi, mijozlar ketadi va raqobatchilar o‘z ulushini kengaytiradi.
Biz yaqinda uzoq yillik faoliyat yuritayotgan bir distributor kompaniya rahbari bilan gaplashdik.
"Omborda hamma narsa joyida, hisob-kitob ham to‘g‘ri, lekin baribir zarar ko‘ryapmiz: savdo va bozordagi o’rnimizni yo’qotayapmiz”
Shu suhbatdan keyin, distribusiya jarayonidagi ko‘rinmas yo‘qotishlarning asl sabablarini chuqur o‘rganishga qaror qildik. Haqiqatan ham, biznesni ichkaridan tahlil qilganingizda aniq yo‘qotishlardan tashqari, juda ko‘p sezilmaydigan, ammo uzoq vaqt davomida katta zarar yetkazadigan muammolar kelib chiqadi. Aynan shu Case misolida Distributsiyadagi ko’rinmas yo’qotishlarni qidirib topamiz va ularga yechim beramiz
1. Noto‘g‘ri marshrut rejalashtirish – vaqt va resurslarning behuda ketishiKo‘plab distribyutorlar transportlarni yetkazib berish jarayoniga jo‘natishda marshrut rejalashtirmaydi. Savdo Agentlari va Ekspeditorlar bir nuqtadan ikkinchisiga keraksiz aylanma yo‘llar orqali boradi, natijada yoqilg‘i sarfi oshadi, vaqt yo‘qoladi va mahsulot kech yetkaziladi.
Biz tahlil qilgan kompaniyada agentlar o‘rtacha kuniga 17 ta savdo nuqtasiga borishardi. Lekin marshrut tahlil qilinganda, ular ba’zan 24 km dan ortiq masofa bosib o‘tishi, ba’zan esa mijozlarni qayta-qayta aylanib o‘tishi aniqlangan.
Yechim: GPS monitoring tizimlaridagi va avtomatlashtirilgan marshrutlar yordamida bu muammoni yo’q qilish mumkin. Bu agentlarga eng qisqa va samarali yo‘nalishni topishga yordam beradi. Buning natijasida yoqilg‘i sarfi kamayadi, mahsulot o‘z vaqtida yetkaziladi va mijozlar ham norozi bo‘lmaydi. Bundan tashqari Barcha savdo xodimlari nazorat ostida bo’ladi:
- Harakatni real vaqtda kuzatish
- Ish kuni boshlangan va yakunlangan vaqtni aniqlash
- Kunlik reja bo’yicha tashrif buyurilgan yoki qolib ketgan savdo nuqtalarini aniqlash
Sales Doctor kompaniyasining mijozlari ushbu imkoniyatlar yordamida ushbu muammoni bartaraf qilishgan
(ru uz)2. Ombor boshqaruvidagi beparvolik – tovar eskirishi va noto‘g‘ri jo‘natishMahsulot omborda qolib ketishi yoki noto‘g‘ri jo‘natilishi distribusiya kompaniyalari duch keladigan asosiy muammolardan biri. Ammo ba’zida bu muammo sezilmaydi, chunki mahsulot omborga kirgan va chiqqan deb qayd qilinadi, lekin u mijozga bormagan yoki eskirib qolgan bo‘lishi mumkin.
Biz tanlagan kompaniya o‘z ombor tizimini tahlil qilganda, har oy 7-10% mahsulot muddati o‘tib ketayotgani yoki noto‘g‘ri manzilga jo‘natilayotgani aniqlandi. Bu esa bevosita mijozlarning ishonchsizligiga va foyda yo‘qotilishiga olib kelgan.
Yechim: FIFO (First In, First Out) tizimini joriy qilish va mahsulot harakatini skaner tizimlari bilan kuzatish. Shunda eng avval omborga kirgan mahsulot birinchi bo‘lib chiqadi va muddati o‘tib ketmaydi. Noto‘g‘ri jo‘natishlarning oldini olish uchun esa avtomatlashtirilgan ombor boshqaruvi tizimlari yordam beradi.
3. Buyurtmalarni qayd qilishdagi xatolar – mijozlarning noroziligiQo‘lda buyurtmalarni qayd qilish bugungi kunda haligacha ko‘plab distribyutor kompaniyalarda ishlatiladi. Ammo bu yondashuv inson xatolariga yo‘l qo‘yishi, natijada noto‘g‘ri mahsulot jo‘natilishi yoki umuman yetkazib berilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
Buyurtmalarni qo’lda nazorat qilish oqibatida Mahsulotning turi, miqdori va manzili bo’yicha malumotlar o’zgarib ketishi mumkin. Natijada kompaniya keraksiz ortiqcha mahsulot yetkazib beradi. Bu holat yuqorida aytilgan transport harajatlari va mijozlarni yo’qotish bilan tugashi mumkin.
Yechim: Avtomatlashtirilgan buyurtma tizimini joriy qilish. Elektron buyurtma tizimi orqali mijozlar o‘zlariga kerakli mahsulotlarni mustaqil tanlay oladi va xatolar sezilarli darajada kamayadi.
4. Xodimlarning tayyorlanmagani – xizmat sifatining tushishiDistribusiya tizimidagi yana bir muhim, ammo ko‘pincha sezilmaydigan muammo – xodimlarning yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emasligi. Agentlar mahsulotni yetkazib berish jarayonida mijozlar bilan noto‘g‘ri muloqot qilishadi, buyurtmalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot bera olishmaydi yoki muammolarni hal qilishga qodir emaslar.
Xodimlarning malakasi va xizmat ko’rsatish sifati Distributsiyadagi eng muhim omil hisoblanadi. hcunki distribyutsiya aynan munosabat ustiga quriladi. Yomon olib borilgan yoki e’tiborsiz qoldirilgan aloqalar tufayli mijozlar boshqa ta’minotchiga, katta ehtimol bilan sizning raqobatchilaringizga o’tib ketishlari mumkin
Yechim: Xodimlar uchun doimiy trening va o‘quv kurslarini tashkil etish. Maxsus treninglar orqali agentlarga mijoz bilan to‘g‘ri ishlash, mahsulotlarni taqdim etish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim berish kerak.
XulosaKo‘rinmas yo‘qotishlar – bu faqat mahsulot yo‘qotilishi emas, balki vaqt, resurs va mijozlarni yo‘qotish hamdir. Distribusiya biznesini samarali yuritish uchun barcha jarayonlarni chuqur tahlil qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish lozim. Agar siz ushbu muammolarni bartaraf etsangiz, kompaniyangiz samaradorligi oshib, foydangiz ortadi va mijozlaringiz doim siz bilan ishlashni xohlashadi.