
B2B distributsiyada raqamlashtirish: "Yupqa Lavash" nega aynan Sales Doctor dasturini tanladi?
B2B distributsiyada raqamlashtirish: "Yupqa Lavash" nega aynan Sales Doctor dasturini tanladi?
Кейсы
17.06.2026


B2B distributsiyada raqamlashtirish: "Yupqa Lavash" nega aynan Sales Doctor dasturini tanladi?
Bizneslar borgan sari jadal raqamlashmoqda. Hozirda oziq-ovqat va FMCG ishlab chiqaruvchilari uchun savdo jarayonlarini to‘g‘ri boshqarish - muvaffaqiyatning bosh mezonlaridan hisoblanadi. Chunki raqobat muhitida har bir kichik detal ham tannarxga yoki ish sifatiga tasir qilishi mumkin. Kundalik buyurtmalarni qo‘lda qabul qilish, agentlar nazoratining yo‘qligi va ombor qoldiqlaridagi chalkashliklar har qanday biznesni sekinlashtirib qo’yadi.
O‘zbekiston bozorida sifatli lavash xamirlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan "Yupqa Lavash" (MChJ "SAMAR HAMKOR SAVDO") kompaniyasi ham aynan shu kabi muammolarga yechim izlab, o‘z savdo va distributsiya tizimini avtomatlashtirishga qaror qildi. Ularning tanlovi esa — Sales Doctor dasturi bo‘ldi.
Ushbu maqolada "Yupqa Lavash" kompaniyasi misolida distributsiyani avtomatlashtirish qanday natijalar berishini tahlil qilamiz.
Yupqa Lavash kompaniyasi haqida

"Yupqa Lavash" brendi mahalliy bozorda o‘zining yupqa, yumshoq va yuqori sifatli lavash mahsulotlari bilan iste'molchilar hamda umumiy ovqatlanish shaxobchalari (fast-foodlar) ishonchini qozongan brend. Kuniga yuzlab savdo nuqtalari, do‘konlar va distribyutorlar bilan ishlaydigan kompaniya uchun har bir buyurtmani o‘z vaqtida yetkazib berish juda muhim. Ular bugungi kunda Evos fast food tarmog’i yoki Korzinka supermarketlar tarmog’i kabi katta brendlarini lavash xamirlari bilan ta’minlab kelishmoqda.
Ishlab chiqarish hajmi ortgani sayin, savdo bo‘limini eski usullarda (qog‘ozda yoki telegram messenjerlarda) boshqarish qiyinchilik tug‘dira boshladi. Mahsulot tez buziluvchi turga kirgani sababli, distributsiya zanjiridagi har bir nuqta muhim edi. Shu bosqichda kompaniya o’z distributsiya tizimini avtomatlashtirishga qaror qildi.
Yupqa lavashda savdo va distributsiyani avtomatlashtirish: nega aynan Sales Doctor?
Sales Doctor kompaniyasi distributsiya va savdo jarayonlarini to‘liq nazorat qilish, optimallashtirish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan SaaS dasturiy ta'minotidir. Biz biznesingiz uchun server xarajatlari yoki murakkab IT-infratuzilmalarsiz, tayyor bulutli (cloud) yechimni taklif etamiz.
"Yupqa Lavash" kompaniyasi rahbariyati va savdo bo‘limi o‘z otzivida (video-sharhida) Sales Doctor tizimining quyidagi real afzalliklarini alohida e'tirof etdi:
1. Savdo Agentlarini Onlayn Nazorat Qilish
Dastur yordamida savdo vakillari (agentlar)ning xaritadagi harakati, GPS-treking tizimi va do‘konlarga tashrif buyurish vaqti onlayn rejimda ko‘rinadi. Bu esa "Yupqa Lavash" jamoasida ish unumdorligini keskin oshirdi.
2. Buyurtmalarni bir zumda qabul qilish
Agent do‘konning o‘zida turib, mobil ilova orqali buyurtmani kiritadi. Ushbu buyurtma soniyalar ichida bosh ofis va ombor bazasiga tushadi. Qo‘lda yozish yoki telefonda adashib ketish xavfi butunlay yo‘qoladi.
3. Real vaqt rejimida ma’lumotlar tahili (data analitika)
SaaS platformamiz rahbariyatga istalgan joydan turib real vaqt rejimida savdo dinamikasini, eng xaridorgir mahsulotlarni (top-tovar) va kunlik tushumlarni kuzatib borish imkoniyatini beradi.
"Hozirgi kunda juda ham ko'p jarayonlarimiz tizimlashtirildi..." — deydi 9 yildan beri "Yupqa Lavash" kompaniyasida faoliyat yuritib kelayotgan Farrux aka o‘z video-sharhida.
SaaS modelining biznes uchun moliyaviy qulayliklari
Ko‘plab kompaniyalar dastur sotib olishda katta budjet talab qilinishidan qo‘rqishadi. Ammo Sales Doctor SaaS modeli (dasturiy ta'minot ijarasi) asosida ishlagani sababli, mijozlarimiz ortiqcha xarajatlardan qutulishadi:
Katta boshlang‘ich investitsiya shart emas: Dasturni to‘liq sotib olish o‘rniga, faqat foydalanilgan oylar uchun obuna to‘lanadi.
Bepul yangilanishlar va xavfsizlik: Serverlarni saqlash va tizimni yangilash bizning zimmamizda.
Tezkor adaptatsiya va qo‘llab-quvvatlash: Biz jamoangizni tizimda ishlashga tez fursatda o‘qitamiz va yordamini ko‘rsatamiz.
Sizning kompaniyangiz ham savdo va distributsiyani avtomatlashtirishga tayyormi? Jarayonlarni optimallashtirish, jamoa samaradorligini oshirish va savdo hajmini o'stirish uchun Sales Doctor bilan bog'laning!
Ko'proq maqolalar: https://salesdoc.io/uz/blog
Boshqa loyihalarimiz:
- iBox: chakana savdo va retail uchun
- iDokon: oziq-ovqat do'konlari uchun
Поделиться статьей:
© 2026 Все права защищены
© 2026 Все права защищены