Главная

Блог

Biznesni yemiradigan 4 ta muammo

Biznesni yemiradigan 4 ta muammo

Кейсы

Banner image

Hisob-kitoblarda hammasi joyida, savdo rejalari har oy bajarilayotgan bo'lsa ham, siz katta zarar ko'rayotgan bo'lishingiz mumkin.

Distribyutsiya biznesida yo'qotishlar doimiy katta muammo. Ammo ba'zan zarar faqatgina pulda hisoblangan xatolar yoki do'konlarda qolib ketgan qarzdorliklar bilan cheklanmaydi.
Ayrim yo'qotishlar shunchalik ko'rinmaski, kompaniyalar bu narsani e'tiborga olmaydi.
Natijada daromad pasayadi va raqobatchilar o'z ulushlarini kengaytira boshlashadi.

Nima uchun bu maqolani o'qishingiz muhim?
Biznes keys misolida distribyutsiyadagi to'rtta eng katta muammolarni tahlil qilib va ularga aniq yechim topishni o'rganasiz.
Bu yechimlar faqat Sales Doctor dasturi bilan bog'liq emas.
Maqoladagi ma'lumotlar Sales Doctor kompaniyasining kuchli ekspertlari tomonidan tayyorlangan.
Ularning malakasi sizning distribyutsiya biznesingizni rivojlantirishga yordam beradi.

Biznesni ichkaridan tahlil qilganingizda, aniq yo'qotishlardan tashqari, juda ko'p sezilmaydigan, lekin uzoq vaqt davomida katta zarar yetkazadigan muammolar ko'rinib boshlaydi.
Biz FMCG mahsulotlari misolida distribyutsiyadagi eng katta muammolarni aniqlaymiz va ularga yechim beramiz.

Birinchi muammoga o'tishdan oldin, o'zingizga savol bering:

  1. Savdo agentlari va ekspeditorlaringiz bir kunda necha kilometr masofa bosib o'tishadi?

Agar bu savolga javobingiz bo'lmasa, birinchi muammo sizda ham bor.
Ko'plab distribyutorlar ish jarayonida savdo jamoasi uchun marshrutlarni rejalashtirishmaydi.
Birgina shu sabab orqali siz 3 ta eng qimmat resursdan ayrilasiz.
Savdo agentlari va ekspeditorlar bir nuqtadan ikkinchisiga keraksiz aylanma yo'llar orqali borishadi. Natijada

  1. yoqilg'i sarfi oshadi

  2. vaqt yo'qoladi

  3. mahsulot kech yetkazib berilgani uchun mijozingizni sizga nisbatan munosabati buzilishi mumkin.

Odatda distribyutsiya kompaniyalarida savdo xodimlari va ekspeditorlar kuniga o'rtacha 20 ta do'konga tashrif buyurishadi, lekin marshrut tahlil qilinganda keragidan ko'p masofa bosib o'tishi va bir do'konni qayta-qayta aylanib o'tishi aniqlangan.

GPS monitoring tizimi va avtomatlashtirilgan marshrutlar yordamida bu muammoni yo'q qilish mumkin. Bu agentlarga eng qisqa va eng samarali yo'lni topishga yordam beradi.
Buning natijasida

  • yoqilg'i sarfi kamayadi

  • mahsulotlar o'z vaqtida yetib boradi

  • mijozlarimiz bizdan norozi bo'lmaydi.

Bundan tashqari, bu yechim yordamida barcha savdo xodimlari ham nazorat ostida bo'ladi.
Afsuski, ba'zi savdo xodimlari ish vaqtida xizmat mashinalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishadi.
GPS monitoring orqali siz barcha xodimlarni qayerda ekanliklarini onlayn ko'rib turasiz va yuqoridagi muammolar sizda kuzatilmaydi.

Hamda siz ish kuni boshlangan va yakunlangan vaqtni aniqlashingiz mumkin. Bunday dasturlar orqali siz xodimlaringizni telegram yoki telefonda kuzatib boshqarishingizga hojat yo'q.
GPS monitoring tizimi xodimlar uchun ham juda foydali. Ularga kunlik reja bo'yicha tashrif buyurilgan yoki qolib ketgan do'konlarni aniqlashga yordam beradi.

2 - muammo. Ombor va logistika.

Ombor boshqaruviga imkon boricha ishonchli va tajribali odamni yollashingizni tavsiya qilamiz.
Chunki ombordagi balans biznesni rivojlanishiga yoki pastga qulashiga sabab bo'ladi.

Ko'plab distribyutor kompaniyalarning ombor tizimi tahlil qilinganda, har oyda 7-10% mahsulot muddati o'tib ketayotgani yoki mijozlarga noto'g'ri jo'natilayotgani aniqlanadi. Bu esa bevosita mijozlarning ishonchsizligiga va biznesning foydani yo'qotishiga sabab bo'ladi.

FIFO yoki FEFO tizimlarini joriy qilish va mahsulot harakatlarini skaner orqali kuzatish kerak bo'ladi.
FIFO tizimida birinchi omborga kirib kelgan mahsulot birinchi bo'lib chiqib ketadi.
FEFO tizimida esa qaysi mahsulotimizning yaroqlilik muddati eng yaqini bo'lsa, shu mahsulot eng birinchi sotuvga qo'yiladi.

Noto'g'ri jo'natishlarni oldini olish uchun esa avtomatlashtirilgan ombor boshqaruv tizimlari yordam beradi.

3 - muammo. Distribyutor kompaniyalar buyurtmalar qabul qilishni qo'lda amalga oshirilishi.


Bu yondashuv esa inson xato yo'l qo'yishi - buning natijasida noto'g'ri mahsulot jo'natilishi yoki mahsulotlar umuman yetkazib berilmasligiga sabab bo'ladi. Buyurtmalarni qo'lda nazorat qilish oqibatida mahsulot turi, miqdori va manzili haqida ma'lumotlar o'zgarib ketadi. Buning natijasida kompaniya keraksiz mahsulotlarni yetkazib beradi. Bu holat yuqorida ko'rsatib o'tilgan transport xarajatlari va mijozlarning yo'qotilishi bilan tugashi mumkin

Savdo xodimlari buyurtmalarni qabul qilishlari uchun tizim joriy etish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, do'kon egalari telegram botlar yordamida kerakli mahsulotlarga onlayn buyurtmalar berish imkoniyati yaratiladi. Natijada xatolar sezilarli darajada kamayadi.

4 - muammo. Xodimlarning yetarli bilim va ko'nikmaga ega emasligi.

Savdo agentlari buyurtma olish jarayonida mijozlar bilan noto'g'ri muloqot qiladilar, mahsulotlari haqida to'liq ma'lumot bera olmaydilar va muammoli vaziyatlarni hal qilishga qodir bo'lmaydilar.

Xodimlarning malakasi va xizmat ko'rsatish sifati distribyutsiyaning eng muhim omili hisoblanadi. Chunki distribyutsiya munosabat ustiga quriladi. Yomon olib borilgan yoki e'tiborsiz qoldirilgan aloqalar tufayli mijozlar boshqa ta'minotchiga, juda katta ehtimol bilan sizning raqobatchingizga o'tib ketishadi.
Xodimlar uchun doimiy treninglar va o'quv kurslarini tashkil etish. Maxsus treninglar yordamida agentlarga mijozlar bilan to'g'ri ishlash, mahsulotlarni to'g'ri taqdim etish va xizmat ko'rsatish haqida bilimlar berib borilishi kerak.

Ko'rinmas yo'qotishlar bu faqatgina mahsulot yoki foyda yo'qotilishi emas. Bu vaqt, resurslar va mijozlarning yo'qotilishi hamdir.
Distribyutsiya biznesini samarali yuritish uchun barcha jarayonlarni chuqur tahlil qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish zarur. Agar siz ushbu muammolarni bartaraf etsangiz, kompaniyangiz samaradorligi oshib, foydangiz ortadi va mijozlaringiz doim siz bilan ishlashdan mamnun bo'lishadi.

Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы