Главная

Блог

Distributsiyada mahsulot savdosini tahlil qilish

Distributsiyada mahsulot savdosini tahlil qilish

Кейсы

16.02.2026

Distributsiya sohasida savdoni oshirish uchun ko‘proq ishlash emas, ma’lumotlarga tayangan holda to‘g‘ri ishlash muhim. Bozor tez o‘zgaradi, xaridor talabi dinamik, raqobat yuqori. Shunday sharoitda mahsulot savdosini muntazam tahlil qilish kompaniyaga strategik ustunlik beradi.

Quyida savdo tahlili biznesga qanday aniq natijalar berishini ko‘rib chiqamiz.

1. Savdo to‘xtab qolishining oldini olish

Eng katta yo‘qotish — bu mavjud talab fonida mahsulotning tugab qolishi (out-of-stock).

Tahlil orqali:

  • qaysi SKU tez aylanayotganini,

  • qaysi hududda talab yuqoriligini,

  • qaysi mijoz segmentida mahsulot tez tugayotganini aniqlash mumkin.

Natijada ta’minot rejalashtiriladi va savdo uzluksiz davom etadi. Bu ayniqsa distributsiya biznesida muhim, chunki javob tezligi daromadga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.

2. Muzlab qolgan mablag‘larni aniqlash

Ortiqcha zaxira — bu omborda yotgan pul.

Tahlil quyidagilarni ko‘rsatadi:

  • qaysi mahsulot sekin aylanmoqda,

  • qaysi tovar ortiqcha miqdorda buyurtma qilingan,

  • qaysi SKU assortimentdan chiqarilishi kerak.

Shu asosda:

  • ortiqcha zaxira qisqartiriladi,

  • pul oqimi yaxshilanadi,

  • rentabellik oshadi.

3. ABC va rentabellik nazorati

DIstributsiyada barcha mahsulotlar teng daromad keltirmaydi.

Savdo tahlili yordamida:

  • A kategoriyadagi asosiy daromad keltiruvchi mahsulotlar aniqlanadi,

  • B va C kategoriyadagi mahsulotlar optimallashtiriladi,

  • past marjali SKUlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Natijada e’tibor va resurslar eng foydali pozitsiyalarga yo‘naltiriladi.

4. To‘g‘ri buyurtma strategiyasi

Ko‘pchilik buyurtmani “taxmin” asosida beradi. Bu esa ortiqcha qoldiq yoki yetishmovchilikka olib keladi.

Tahlil asosida:

  • tavsiya etilgan zaxira darajasi shakllantiriladi,

  • minimal va maksimal limitlar belgilanadi,

  • mavsumiy o‘zgarishlar hisobga olinadi.

Sales Doctor tizimida tavsiya etilgan zaxira miqdorini ko‘rib, oldindan choralar ko‘rishingiz mumkin. O'rganish uchun bosing

Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы