Главная

Блог

Distributsiyada xarajat turlari

Distributsiyada xarajat turlari

Кейсы

Savdoda xarajatlarni tartibga solmasangiz - foyda qayerga ketganini tushuna olmaysiz
Bu maqolada sotuv jamoalarida uchradigan asosiy xarajat turlarini ro'yxatini tuzdik.

Xarajat turlari:

1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar
Savdo bo‘lmasa - bu xarajatlar ham bo‘lmaydi

  • Tovar tannarxi

  • Yetkazib berish

  • Sotuvdan foiz va bonuslar

  • Qadoqlash va qo‘shimcha komplektlar

2. Doimiy xarajatlar
Sotuv bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar mavjud

  • Ofis ijarasi

  • Maoshlar (administrator, buxgalter, rahbariyat)

  • CRM, internet, kommunal xizmatlar

  • Amortizatsiya (uskunalar, mebel)

3. O‘zgaruvchan xarajatlar
Savdo hajmiga qarab o‘zgaradi

  • Yoqilg‘i va logistika

  • Kuryer xizmatlari

  • Qaytgan tovarlar

  • Chegirmalar va aksiyalar

4. Marketing xarajatlari
Mijoz jalb qilish uchun

  • Instagram va Google'da reklama

  • Bonus va chegirmalar

  • Aksiya, degustatsiya

  • Brending materiallari

5. Moliyaviy xarajatlar
Bank va pul aylanishi bilan bog‘liq

  • Kredit foizlari

  • POS-terminal komissiyalari

  • Valyuta yo‘qotishlari

  • Inkassatsiya

6. IT va avtomatlashtirish uchun xarajatlar
Biznesning ajralmas qismi

  • CRM, 1C va boshqa dasturlar

  • Litsenziya va texnik qo‘llab-quvvatlash

  • Onlayn nazorat va hisobot tizimlari

Xarajatlarni guruhlashning qanday foydasi bor?

  • Har bir xarajat manbai aniq ko‘rinadi

  • Qayerda pul ko'p ketayotganini ko'rasiz

  • Sof foydani hisoblash mumkin bo‘ladi

  • Qaror qabul qilish ancha osonlashadi


    Sales Doctor - 1800 dan ortiq mijozlar ishonch bildirgan va 17000+ foydalanuvchiga ega IT platforma

Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы