Главная

Блог

Distributsiyani avtomatlashtirish: Alviero (Olivia) kompaniyasining Sales Doctor haqidagi fikri

Distributsiyani avtomatlashtirish: Alviero (Olivia) kompaniyasining Sales Doctor haqidagi fikri

Кейсы

Distributsiyani avtomatlashtirish: Alviero (Olivia) kompaniyasining Sales Doctor haqidagi fikri

Zamonaviy biznesda savdo bo'limi va distributsiya jarayonlarini an'anaviy qog’oz-qalam usulida  boshqarish ko'p vaqt va energiya talab etadi. Bugungi kunda ma'lumotlar tahliliga asoslangan aniq qarorlar qabul qilish hamda murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish kompaniyalarning raqobatbardoshligini ta'minlovchi asosiy omillardan biri. Aynan shu ehtiyojlarni qondirish maqsadida Sales Doctor savdo va distributsiyani to'liq avtomatlashtiruvchi zamonaviy SaaS (Software as a Service) dasturiy ta'minotini taklif etadi.


Alviero va ularning mashhur "Olivia" Brendi

Bozorda o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lgan Alviero kompaniyasi ko'pchilik xaridorlarga yaxshi tanish bo'lgan Olivia brendi ostida sifatli kosmetika va shaxsiy parvarish vositalarini iste'molchilarga yetkazib beradi. Keng tarmoqli distributsiya va katta hajmdagi kunlik savdo operatsiyalarini samarali boshqarish uchun kompaniya ishonchli, tezkor va barcha ma'lumotlarni bir joyda jamlay oladigan tizimga ehtiyoji bor edi.

Avvalgi maqolalarimizda Crafers kompaniyasi nima uchun Distributsiyani avtomatlashtirishda aynan "Sales Doctor"ni tanlangani haqida ham aytib o'tgan edik


Nima uchun Alviero "Sales Doctor"ni tanladi?

Alviero kompaniyasi ko'p yillik tajribasiga tayangan holda, o'z savdo jarayonlarini optimallashtirish va yangi bosqichga olib chiqish uchun yechim sifatida qulay va moslashuvchan Sales Doctor platformasini tanladi. Dasturiy ta'minotimiz biznesga quyidagi afzalliklarni beradi:

  • Analitika va ma'lumotlar tahlili: Dastur barcha savdo nuqtalari, hududlar va agentlar faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish va ma'lumotlarga asoslangan strategik qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

  • Moslashuvchanlik: Murakkab texnik bilimlarni talab etmaydigan interfeys orqali savdo jamoasi yangi tizimga tez va oson moslashadi.

  • Jarayonlarni to'liq avtomatlashtirish: Ombor qoldiqlarini nazorat qilishdan tortib, tovarlarning mijozgacha yetib borish zanjirini xatosiz va inson omilisiz boshqarish kafolatlanadi.

Hamkorlikning amaliy natijasi

E'lon qilingan video-lavhada Alviero kompaniyasi vakillari Sales Doctor tizimi bilan uzoq yillik hamkorlik natijalari va dastur ularning biznesiga qanday ijobiy ta'sir ko'rsatgani haqida o'zlarining real tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Tizimning barqarorligi va to'g'ri ishlashi Olivia brendi mahsulotlarining do'kon peshtaxtalarida doimiy bo'lishini va kengroq auditoriyaga yetib borishini ta'minlamoqda.

Bizning maqsadimiz faqatgina kod yozish emas, balki mijozlarimiz biznesiga mos keladigan, ularning o'sishiga xizmat qiladigan yangi g'oyalar va qulay SaaS yechimlarni taqdim etishdir. Alviero bilan muvaffaqiyatli hamkorligimiz buning yaqqol isbotidir.

Sizning kompaniyangiz ham savdo va distributsiyani avtomatlashtirishga tayyormi? Jarayonlarni optimallashtirish, jamoa samaradorligini oshirish va savdo hajmini o'stirish uchun Sales Doctor bilan bog'laning!


*Ha aytgancha: distributsiyani avtomatlashtirish orqali qanday qilib savdoni 40%gacha oshirish mumkinligi haqida va uning amaliy 7 qadami haqida quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.

Ko'proq maqolalar: https://salesdoc.io/uz/blog

Boshqa loyihalarimiz:
- iBox: chakana savdo va retail uchun
- iDokon: oziq-ovqat do'konlari uchun
Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы