
Главная
Блог
Kixx kompaniyasi distributsiyani qanday avtomatlashtirdi? | Sales Doctor haqida mijoz fikri
Kixx kompaniyasi distributsiyani qanday avtomatlashtirdi? | Sales Doctor haqida mijoz fikri
Кейсы

Mamlakat bo‘ylab yuzlab dilerlar, viloyatlarga tarqalgan savdo nuqtalari va har kuni yuzlab kelib tushadigan buyurtmalar... Bu jarayonni qo‘lda, Excel jadvallari yoki cheksiz telefon qo‘ng‘iroqlari orqali boshqarish mumkinmi?
O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan Janubiy Koreyaning mashhur Kixx (GS Oil) motor moylari rasmiy distribyutori ushbu muammoga duch keldi va uni zamonaviy texnologiyalar orqali hal qildi.
Bu haqida batafsil video orqali ham bilib olishingiz mumkin. Kixx kompaniyasida buyurtmalarni qabul qilish bo'yicha mutahasis Sardor aka Sales Doctor bilan bo'lgan tajribalarini aytib o'tdilar:
Bugun ko‘plab yirik kompaniyalar kabi Kixx ham o‘z biznes jarayonlarini tartibga solish uchun Sales Doctor dasturini tanladi. Xo‘sh, bu dastur nima uchun distributsiyani avtomatlashtirish uchun qulay yechim hisoblanadi va u kompaniyaga qanday natijalar keltirdi? Keling, Kixx tajribasini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Avtomatlashtirishgacha bo‘lgan davr: tarqoq jadvallar va sekin hisobotlar
Kixx kompaniyasining buyurtmalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Sardorning ta’kidlashicha, dastur joriy qilingunga qadar eng katta muammo — ma’lumotlarning tarqoqligi edi.
Buyurtmalar turli kanallar orqali kelib tushar, dilerlar holati, ombordagi qoldiqlar va sotuvlar turli xil jadvallarda yuritilardi.
"Oldinlari qaysidir hududdagi dilerimizda ishlar qanday ketayotganini bilish uchun unga qo‘ng‘iroq qilish, jadvallarni bir-biriga solishtirish talab etilardi. Bu juda ko‘p vaqt olardi va hisobotlar tez eskirib qolardi. Rahbariyat bir haftalik eski ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishga majbur bo‘lardi" — deydi Sardor.
Katta tarmoqqa ega kompaniya uchun bu nafaqat vaqt yo‘qotilishi, balki tushumning boy berilishi ham edi. Kompaniyaga barcha jarayonlarni bir joyda birlashtiruvchi ishonchli tizim zarur edi.
Sales Doctor: distributsiyani avtomatlashtirish uchun qulay yechim
Kixx jamoasi bozorda 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Sales Doctor dasturiy ta’minotini joriy qildi. Dastur to‘liq ishga tushgach, kompaniyada quyidagi tub o‘zgarishlar yuz berdi:
Real vaqtdagi nazorat nuqtasi
Endi har bir viloyat, har bir diler va har bir buyurtma holati yagona ekranda ko‘rinadi. Qaysi buyurtma qabul qilindi, qaysi biri yetkazildi yoki qayerda muammo bor — barchasini real vaqt rejimida kuzatish mumkin.
Tahlil va konversiya
Kompaniya nafaqat buyurtmalar sonini, balki ularning muvaffaqiyat foizini (konversiyasini) ham aniq ko‘ra boshladi. Bu qaysi viloyatda savdo oqsamoqda-yu, qayerda talab yuqoriligini oldindan bilish va o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini berdi.
Inson omili kamayishi
Buyurtmalarni qayta ishlash jarayoni tizimlashtirildi. Xodimlar alohida qog‘oz yoki jadvallarga bog‘lanib qolmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastur orqali ishlay boshladi.
Telegram bot orqali buyurtmalarni qabul qilish imkoniyati
Savdo vakillari va dilerlar bilan ishlashda tezkorlik — asosiy omil. Sales Doctor tizimining eng muhim va talabgir funksiyalaridan biri bu — Telegram bot orqali buyurtmalarni qabul qilish imkoniyatidir.
Bugungi kunda har bir savdo agenti yoki diler og‘ir dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan, o‘zi uchun qulay bo‘lgan Telegram messenjeri orqali bir necha soniya ichida buyurtma bera oladi:
Mijoz yoki agent uchun: istalgan joyda turib, telefon orqali tovarlar katalogi, narxlar va qoldiqlarni ko‘rish hamda darhol buyurtma jo‘natish imkoniyati.
Kompaniya uchun: bot orqali berilgan buyurtma darhol Sales Doctor tizimiga tushadi, inson omili sababli adashishlar bo‘lmaydi va buyurtma zudlik bilan omborga yuboriladi.
Bu imkoniyat dilerlar bilan aloqani bir necha barobar tezlashtirdi va operatsion xatoliklarga barham berdi.
“Oldin va Hozir”: nima o‘zgardi?
Mezon | Avval (Sales Doctor’gacha) | Hozir (Sales Doctor bilan) |
|---|---|---|
Buyurtmalar qabuli | Telefon, tarqoq messenjerlar | Tizimli tarzda va Telegram bot orqali |
Hisobotlar tezligi | Kunlar va haftalar davomida | Real vaqt rejimida (Live) |
Nazorat | Qo‘lda, doimiy qo‘ng‘iroqlar bilan | Yagona monitoring paneli orqali |
Xatolar xavfi | Inson omili yuqori | Jarayonlar to‘liq avtomatlashgan |
Distributsiyani avtomatlashtirmoqchimisiz?
Siz ham o‘z biznesingizdagi savdo va dilerlar nazoratini avtomatlashtirmoqchimisiz? Sales Doctor mutaxassislaridan bepul konsultatsiya va tizimning demo-versiyasini oling!
📞 Bog‘lanish uchun: +998 (55) 500-03-05
🌐 Batafsil ma’lumot: salesdoc.io
Поделиться статьей:
© 2026 Все права защищены