Главная

Блог

Marja va ustama: savdoda pulni yo‘qotmaslik uchun bilishingiz kerak bo'lgan farq

Marja va ustama: savdoda pulni yo‘qotmaslik uchun bilishingiz kerak bo'lgan farq

Кейсы

Savdoda ko‘pchilik bir xil deb o‘ylaydigan, lekin aslida juda katta farq qiladigan ikki tushuncha bor - marja va ustama. Bu farqni tushunmagan biznes egasi ko‘pincha bitta xatoga yo‘l qo‘yadi: u foyda qilayapman deb o‘ylaydi, aslida esa kamroq foyda ko'radi yoki zarariga ishlaydi.

Bu mavzu oddiy nazariya emas. Bu - pulni boshqarish uchun asos.

Ustama nima?

Ustama - bu mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan narx.

Oddiyroq qilib aytganda:
siz mahsulot ustiga qancha qo‘shdingiz - shu ustama.

Formula:

Ustama (%) = (Savdo narxi − Tannarx) / Tannarx × 100

Marja nima?

Marja - bu sotuvdan keyin sizda qoladigan foyda ulushi.

Oddiy qilib:
sizda real qancha pul qoldi - shu marja.

Formula:

Marja (%) = (Savdo narxi − Tannarx) / Savdo narxi × 100

Eng muhim farq:

  • Ustama tannarxga nisbatan hisoblanadi

  • Marja sotuv narxiga nisbatan hisoblanadi

Shu sababli:

Marja har doim ustamadan kichik bo‘ladi

Misol uchun:

Aytaylik:

  • Tannarx: 100 000 so‘m

  • Savdo narxi: 130 000 so‘m

Foyda: 30 000 so‘m

Ustama:
30 000 / 100 000 = 30%

Marja:
30 000 / 130 000 ≈ 23%

Nega bu farq muhim?

1. Narx qo‘yishda xato qilmaslik uchun

Ko‘pchilik shunday deydi:

“Men 30% foydamni qo‘ydim”

Aslida u 30% ustama qo‘ygan bo‘ladi.
Natijada real foyda 30% emas, 23% chiqadi.

Bu kichik farqdek ko‘rinadi. Lekin katta hajmda bu katta pulga aylanadi.

2. Foydani to‘g‘ri tushunish uchun

Agar siz faqat ustamaga qarasangiz biznes yaxshi ishlayapti deb o‘ylaysiz.
Lekin marjani ko‘rsangiz asl holatni tushunasiz

Shuning uchun,

menejerlar va distribyutorlar har doim marjaga qaraydi

3. Chegirmalarda zarar qilmaslik uchun

Masalan:

  • sizda 25% marja bor

  • siz 25% chegirma qildingiz

Natija:
→ siz 0 foyda qilasiz yoki zarar qilasiz

Ko‘pchilik aynan shu joyda pul yo‘qotadi.

Qaysi birini qachon ishlatish kerak?

Ustama:

  • narx belgilashda qulay

  • chakana savdoda ko‘p ishlatiladi

Marja:

  • biznes samaradorligini o‘lchaydi

  • umumiy foydani ko‘rsatadi

Strategik yondashuv

Marja past bo‘lsa:

  • hajmni oshirish kerak

  • ko‘proq sotib foyda qilish kerak

Ustama baland bo‘lsa:

  • narx qimmat ko‘rinadi

  • sotuv tushib ketadi

To‘g‘ri balans:

  • narx ham mos

  • foyda ham yetarli

Eng katta xato

Savdoda eng ko‘p uchraydigan xato:

Ustamani marja deb o‘ylash

Bu xato:

  • noto‘g‘ri reja

  • noto‘g‘ri narx

  • past foydaga sabab bo'ladi

Esda qoladigan qoida

  • Ustama → qo‘shilgan pul

  • Marja → qolgan pul

Xulosa

Marja va ustama shunchaki oddiy terminlar emas.
Bu - biznesingiz qanchalik to‘g‘ri ishlayotganini ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkichlar.

Agar siz:

  • faqat “qancha qo‘shdim?” deb o‘ylasangiz xato qilasiz

  • “qancha qoldi?” deb o‘ylasangiz - foydani boshqarasiz


Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы