Главная

Блог

O‘zbekistonda distribyutsiyani qanday avtomatlashtirish mumkin: savdoni 40% ga oshiruvchi amaliy 7 qadam

O‘zbekistonda distribyutsiyani qanday avtomatlashtirish mumkin: savdoni 40% ga oshiruvchi amaliy 7 qadam

Кейсы

savdoni oshirish

Maqola xulosasi (summary):

Maqolada O'zbekiton sharoitida distributsiyani avtomatlashtirish natijasida qanday qilib 40%gacha oshirish mumkinligi haqida amaliy yo'riqnoma berilgan. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasining rasmiy statistika agentligi taqdim qilgan raqamlar ham keltirilgan. Raqamlarga ko'ra oxirgi 10 yilda ya'ni 2015-yildan buyon import mahsulotlari hajmi 5 barobar oshgan.


An'anaviy distrubitsiya sohasi qanday o'zgarmoqda?

O‘zbekistondagi distribyutorlik xizmatini taklif qiladigan ko'plab kompaniyalar hozirgacha buyurtmalarni Telegram, Excel yoki qog‘oz orqali yuritishadi. Savdo agentlari kun oxirida hisobot topshiradi, ombordagi qoldiq real vaqt rejimida ko‘rinmaydi, rahbar esa haqiqiy savdo holatini kechikib, yanayam aniqrog'i hisobot tayyor bo'lgandan keyin bila oladi.

Buning natijasida

  • buyurtmalar yo‘qoladi;

  • agentlar marshruti nazorat qilinmaydi;

  • ombordagi qoldiq bilan real savdo mos kelmaydi;

  • debitor qarzdorlik ortadi;

  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati pasayadi.

McKinsey tadqiqotlariga ko‘ra, savdo va logistika jarayonlarini avtomatlashtirgan kompaniyalar operatsion xarajatlarni o‘rtacha 20–30% kamaytiradi va savdo samaradorligini 10–40% gacha oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda eng faol raqamlashayotgan sohalar bu FMCG, farmatsevtika, maishiy texnika va ulgurji savdo segmentlari. Ular o'z distributsiya tizimlarini avtomatlashtirishmoqda.


1-qadam: Buyurtmalarni raqamlashtirish

Ko‘p kompaniyalarda agent buyurtmani telefon yoki Telegram orqali yuboradi. Operator esa uni qayta Excel yoki 1C’ga kiritadi. Bu esa inson omili sababli xatolarni ko‘paytiradi.

Avtomatlashtirilgan tizimda:

  • agent buyurtmani mobil ilova orqali amalga oshiradi;

  • narxlar avtomatik ishlaydi;

  • chegirmalarni tizimni o'zi hisoblaydi;

  • buyurtma omborga tushadi.

Bundan eng ko'p ko'riladigan foydalardan biri bu mijozlarga tez javob berish imkoniyati tug'iladi. Hozirgi tezlashgan zamonda mijozlar buyurtma holatini tez-tez bilib turishni hohlashadi. Agar qog'oz yetib borish vaqtlarini ham hisobga oladigan bo'lsa bu jarayon cho'zilishi kelasi safar avtomatlashgan distributor sizning mijozlaringizni ilib ketishi bilan tugashi ehtimoli yuqori. Chunki ularda tezlik bor.

Gartner ma’lumotlariga ko‘ra, order management tizimlari buyurtma qayta ishlash vaqtini 50% gacha qisqartirishi mumkin.


2-qadam: Savdo agentlarini GPS orqali nazorat qilish

Distribyutorlarda eng katta muammolardan biri — agentlarning real faoliyatini nazorat qilish.

Ko‘plab rahbarlar:

  • agent nechta nuqtaga kirganini;

  • qancha vaqt ishlaganini;

  • marshrut bo‘yicha harakatlanganini aniq bilmaydi.

Mobil SFA (Sales Force Automation) tizimlari orqali:

  • agentning geolokatsiyasi kuzatiladi;

  • tashrif tarixi saqlanadi;

  • fake visit holatlari kamayadi;

  • rahbar real vaqt monitoring qiladi.

Bu ayniqsa Toshkent, Samarqand, Andijon kabi hududlarda katta savdo jamoasi bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun muhim.

Biz Sales Doctor jamoasi sizlar uchun GPS monitoring xizmati qanday ishlash haqida video qo'llanma tayyorladik:



3-qadam: Omborni real vaqt rejimida boshqarish

Distribyutsiyada eng qimmat xatolardan biri — omborda mahsulot bor deb o‘ylab, aslida qolmagan bo‘lishi. Bu muammo ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak.

Warehouse Management System (WMS) yordamida:

  • qoldiq real vaqt yangilanadi;

  • kirim-chiqim avtomatik yuritiladi;

  • SKU bo‘yicha harakat kuzatiladi;

  • inventarizatsiya tezlashadi.

Deloitte bu borada o'z tadqiqotlarini e'lon qilgan. unga ko'ra WMS tizimi inventory accuracy’ni 99% gacha oshirishi mumkin.

Sales Doctor jamoasi sizlar uchun omborxona nazoratida qo'l keladigan video dars tayyorladi:



4-qadam: Debitor qarzdorlikni nazorat qilish

Ko‘plab distribyutorlar foyda emas, “qarzdagi pul” bilan ishlaydi.

Avtomatlashtirilgan CRM yoki ERP tizimida:

  • muddati o‘tgan qarzdorlik ko‘rinib turadi.

  • rahbar riskli mijozlarni oldindan ko‘rish imkoniyati bo'ladi.

Bu cash flow’ni nazorat qilish imkoniyatini beradi. Kassada Naqd pul yetishmovchiligini oldini oladi.


5-qadam: Marshrut va logistika

Distribyutsiyada sizga ko'rinmas xarajatlar bu yoqilg‘i xarajatlari hisoblanadi. Uni nazorat qilish juda qiyin.

PwC bu borada 4 varoqdan iborat tadqiqotini e'lon qilgan. Unga ko‘ra, logistika optimizatsiyasi transport xarajatlarini 15–25% gacha kamaytirishi mumkin.

Mana bu link orqali to'liq hisobot bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin:

https://www.pwc.com.au/tax/assets/customs-excise/intl-trade-supply-chain-optimisation-jul17.pdf


6-qadam: Analitika va dashboardlar

Hisobotni oy oxirida ko‘radigan rahbarlar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Bu esa kech qaror qabul qilishga olib keladi. Hozir kichik kompaniyalarning tez qarorlari katta korporatsiyalarni ham shoshirib qo'ymoqda. Chunki tezlik eng muhim omilga aylanib qoldi.

Muammo tez ko'rish uchun real vaqtda ko'rib boriladigan dashboard foydali bo'ladi.


7-qadam: Barcha jarayonlarni yagona ERP tizimiga birlashtirish

Eng katta samaradorlik barcha bo‘limlar bir tizimda ishlaganda bo‘ladi.

ERP tizimi savdo, ombor, moliya, logistikani birlashtiradi. Natijada:

  • ma’lumotlar yo‘qolmaydi;

  • dublikat ish kamayadi;

  • rahbar yagona platformada ishlaydi.

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, ERP tizimlari biznes produktivligini o‘rtacha 20% dan ortiq oshiradi.

Amaliyotda qanday? O'zbekiston sharoitida distributsiyani avtomatlashtirish biznesga qanday natija keltiradi?

Toshkentdagi ba'zi FMCG distribyutor kompaniyalar 2024-yilda savdo agentlari uchun mobil SFA tizimini va ombor modullarini joriy qilgan.

6 oy ichida:

  • agent tashriflari 28% oshgan;

  • buyurtma xatolari 70% kamaygan;

  • debitor qarzdorlik nazorati yaxshilandi;

  • savdo hajmi 34% ga o'sgan;

  • rahbariyat real vaqt dashboard orqali filiallarni boshqara boshladi.

Eng katta o‘zgarish — rahbarning qaror qabul qilish tezligi oshgani bo‘ldi.


Taqqoslash: qo‘lda boshqaruv vs avtomatlashtirish

Jarayon

Qo‘lda boshqaruv

Avtomatlashtirilgan tizim

Buyurtma qabul qilish

Telegram/telefon

Mobil ilova

Ombor nazorati

Excel

Real vaqt WMS

Agent nazorati

Qo‘ng‘iroq orqali

GPS monitoring

Hisobot

Kun oxiri

Online dashboard

Qarzdorlik nazorati

Qo'lda

Avtomatik limit

Logistika

Tajribaga asoslangan

AI optimizatsiya

Xatolar soni

Yuqori

Minimal

Bepul demo olish

Sales Doctor ishonchli distributsiyani avtomatlashtirish platformasidir. Sales doctor sizlarga bepul demo taqdim etadi. Bog'laning va savdoni tizimli ravishda oshiring


Tadbirkorlar uchun foydali statistika:

O'zbekistonda so'nggi 10-15 yilda "Kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulot(ishlar,xizmatlar) importi hajmi"ning real raqamlari bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin (viloyatlar kesimida):

https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_430.pdf

Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы