Crafers: Yetkazib berishda yangi bosqich
Cases
28.08.2025


Mijozimiz:
Abdulloh Nosirov, Crafers kompaniyasining bosh rahbari:
Crafers'da yillar davomida mahsulotlarimiz assortimentini kengaytirib, mijozlarimiz bazasini ko'paytirdik. Lekin rivojlanishimizga qaramasdan, mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qiyinchiliklarga duch keldik.
Yechim sifatida Sales Doctor'ning GPS asosida ishlaydigan tizimini o'rnatdik.
Agentlarimiz yetkazib berishga ko'p vaqt sarfalashardi, undan tashqari do'kon joylashuvlarida adashib boshqa do'konlarga borishardi. Bu holat yetkazib berish vaqtining kechikishiga, potensial savdo bo'lishiga ham ta'sir qilgan.
Sales Doctor jamoasi:
Biz Crafers bilan yaqindan hamkorlikda ishlab, ularning o‘ziga xos muammolariga mos yechim ishlab chiqdik. Natijada, real vaqtda joylashuvni kuzatish, marshrutlarni optimallashtirish va boshqaruvchilar uchun jarayonni monitoring qilish imkonini beradigan GPS asosida savdolarni avtomatlashtirish tizimi yaratildi.
Tizimni joriy etishdan oldin Crafers bilan bir necha hafta davomida ehtiyojlar va muammolarni tahlil qildik. Keyin tizimni kichik bir guruh agentlar bilan sinovdan o‘tkazdik va muvaffaqiyatli o‘tgach, tizimni butun jamoaga joriy qildik.
Natijalar:
3 oy o‘tgach, Crafers yetkazib berish samaradorligini 30% ga oshirdi, savdo daromadini 15% ga ko'paytirib, yetkazib berish kechikishlarini 20% ga kamaytirdi.
Abdulloh Nosirov, Crafers rahbari:
Agentlarimiz o‘z ishida yanada mas’uliyatli bo‘lishni boshlashdi va bu tizim bizga yetkazib berishda aniqlikni oshirishga yordam berdi. Undan tashqari mamnun mijozlarimiz soni ham ko'paydi.
Share:
Other Projects
© 2025 All rights reserved
Other Projects
© 2025 All rights reserved