Главная

Блог

POSM nima?

POSM nima?

Кейсы

POSM nima va u savdoga qanday ta’sir qiladi?

POSM (Point of Sale Materials) — bu savdo nuqtasida ishlatiladigan reklama materiallari. Oddiy qilib aytganda, bu do‘konda ko‘zingizga birinchi bo‘lib tashlanadigan reklama vositalari.

Masalan:

  • plakatlar

  • stendlar

  • narx ko‘rsatkichlari

  • promo-raf (maxsus javonlar)

  • buklet va flayerlar

Bularning barchasi bir maqsadga xizmat qiladi: xaridor e’tiborini tortish va sotuvni oshirish.

POSM ning asosiy vazifasi

Xaridor do‘konga kirganda, u har doim ham aniq reja bilan kelmaydi. Ko‘p hollarda qaror aynan o‘sha joyning o‘zida qabul qilinadi.

Shu yerda POSM ishlaydi.

Uning asosiy vazifasi:

  • mahsulotni ko‘rinadigan qilish

  • boshqa mahsulotlardan ajratib ko‘rsatish

  • xaridorga tez va tushunarli ma’lumot berish

  • impuls (o‘ylamay qilingan) xaridni oshirish

To‘g‘ri ishlangan POSM oddiy mahsulotni ham “qiziqarli taklif”ga aylantira oladi.

Yomon POSM misoli:

Bu e'londa kiyimlar chergirma bilan sotilayotgani aytilgan.
Keling endi undagi kamchiliklarni ko'rib chiqsak.

1. Vizual juda chalkash
Rasm bo‘lak-bo‘lak:

  • yuqorida alohida tekstura

  • pastda boshqa elementlar chalg'itadi

  • kompozitsiya yo‘q

Xaridor 1 soniyada tushunmaydi - o‘tib ketadi.

2. Matn tugallanmagan
“Siz bu matnni o‘qiyotganingizda yuqorida odamlar...”

→ bu nima?
→ nima demoqchi?

POSM da matn:

  • aniq

  • qisqa

  • yakuniy bo‘lishi kerak

Bu yerda esa fikr uzilgan.

3. Asosiy taklif yo‘q
POSM ning eng muhim qismi:

  • nima sotilyapti?

  • nima foyda?

  • nima qilish kerak?

Bu materialda:

  • aniq mahsulot yo‘q

  • aksiya haqida ma'lumot yo‘q

  • CTA (harakatga chaqiriq) yo‘q

4. E’tibor noto‘g‘ri joyga ketgan
Ko‘z matnga emas yuqoridagi va pastdagi oq teksturaga ketadi
Bu esa asosiy xabarni “o‘ldiradi”.

5. Brend yo‘q

  • kim reklama qilyapti?

  • qayerdan olish mumkin?
    Bular aniq emas


    Yaxshi POSM qanday bo‘lishi kerak?


Samarali POSM da nechta oddiy, lekin muhim qoidalarga amal qilinishi kerak:

1. Soddalik
Matn kam, tushunarli va tez o‘qiladigan bo‘lishi kerak. Xaridor uzoq o‘qimaydi.

2. Ko‘rinish (vizual)
Ranglar, dizayn va shakl e’tiborni tortishi kerak. Lekin ortiqcha bezaklar ham chalg‘itadi.

3. To‘g‘ri joylashuv
Eng yaxshi POSM ham noto‘g‘ri joyda tursa ishlamaydi. U:

  • kirish joyida

  • kassaga yaqin joyda

  • mahsulot yonida
    bo‘lishi kerak.

4. Aniq taklif
Chegirma, aksiya yoki foyda aniq yozilishi kerak:

  • “-20%”

  • “1+1”

  • “Yangi mahsulot”


POSM qaysi sohalarda ishlatiladi?

POSM deyarli barcha savdo sohalarida qo‘llaniladi:

  • oziq-ovqat va ichimliklar

  • kundalik iste’mol mahsulotlari

  • kosmetika

  • maishiy texnika

  • dorixona mahsulotlari

Har bir sohada POSM turlicha ishlatiladi. Masalan:

  • supermarketda - tez qaror qabul qilish uchun

  • texnika do‘konida - mahsulotni tushuntirish uchun

Nima uchun POSM muhim?

Ko‘p kompaniyalar reklama uchun katta pul sarflaydi. Lekin xaridor oxirgi qarorni do‘konda qabul qiladi.

Agar aynan shu nuqtada mahsulot ajralib turmasa:
- reklama foydasi kamayadi.

POSM esa:

  • reklama va sotuv o‘rtasidagi “oxirgi qadam”

  • xaridorni harakatga undovchi vosita

POSM samaradorligi nimaga bog‘liq?

Har qanday POSM bir xil natija bermaydi. Uning ishlashi quyidagilarga bog‘liq:

  • maqsadli auditoriya (kim uchun?)

  • joylashuv (qayerda?)

  • raqobat (yonida nima bor?)

  • mahsulot narxi va turi

Shuning uchun POSM ni shunchaki chiqarish emas, balki o‘ylab ishlab chiqish kerak.

Xulosa

POSM - bu oddiy reklama emas. Bu sotuvni bevosita oshiradigan vosita.

To‘g‘ri ishlatilsa:

  • mahsulot ko‘rinadi

  • xaridor tez qaror qiladi

  • sotuv oshadi

Noto‘g‘ri ishlatilsa:

  • e’tibor bermaydi

  • pul behuda ketadi

Shuning uchun biznes POSM ga strategik yondashishi kerak.

Поделиться статьей:

Другие проекты

Ресурсы