Главная
Блог
Savdo barqarorligi va ombor nazorati: raqamlar asosida boshqaruv
Savdo barqarorligi va ombor nazorati: raqamlar asosida boshqaruv
Кейсы
03.02.2026

Savdoni oshirish doim ham ko‘proq ishlash degani emas. Ko‘p hollarda masala to‘g‘ri qaror qabul qilishda. Ayniqsa distributsiya va savdo zanjirida mahsulotlar harakati to‘xtab qolsa, eng yaxshi jamoa ham kutilgan natijani bermaydi.
Bugungi bozor sharoitida ombordagi holatni “taxminan” baholash xavfli. Qaysi mahsulot tez tugayapti, qaysi biri esa ortiqcha yig‘ilib qolyapti - bu savdo, pul oqimi va hamkorlar bilan munosabatga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli mahsulotlarni tahlil qilishga asoslangan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday yondashuv faqat raqamlarga qarab qaror qabul qilish bilan cheklanib qolmaydi. Mavsumiylik, amaldagi aksiyalar va bozor sharoitlari ham har doim hisobga olinishi kerak. Chunki raqamlar to‘g‘ri bo‘lsa ham, kontekst noto‘g‘ri bo‘lsa, qaror xato bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri tahlil qilingan mahsulot :
sotuv to‘xtab qolishining oldini oladi
ortiqcha zaxira sabab mablag' muzlab qolishini oldini oladi
distribyutor va savdo jamoasiga aniq reja bilan ishlash imkonini beradi
Sales Doctor tizimi aynan shu masalada ham yordam beradi. U real sotuv ko‘rsatkichlari va o‘rtacha sotuv asosida ombordagi holatni ko‘rsatib beradi.
Sales Doctor tizimida mahsulotlar tahlili bilan ishlashni Telegram sahifamizda o'rganishingiz mumkin:
https://t.me/salesdoctoruzb/318
Поделиться статьей:
© 2025 Все права защищены