Главная
Блог
Strike Rate: savdodagi muhim ko'rsatkich
Strike Rate: savdodagi muhim ko'rsatkich
Кейсы

Savdo jamoasining samaradorligini o‘lchashda eng muhim indikatorlardan biri – Strike Rate. Bu ko‘rsatkich agentlarning rejalashtirilgan tashriflaridan necha foizi haqiqiy buyurtmaga yoki sotuvga aylanganini bildiradi.
Strike Rate nafaqat raqam – bu sizning savdo jarayoningiz sifati, agentlar faoliyati va biznesingiz samaradorligini baholashning eng aniq yo‘li.
Strike Rate nima va uni qanday hisoblash mumkin?
Strike Rate – bu agentning rejalashtirilgan tashriflar ichida sotuv yoki buyurtma bilan yakunlangan tashriflar foizidir.
Formula:
Misol:
Savdo agenti bir oyda 1,200 ta tashrif amalga oshirdi.
Ulardan 1,080 tasi buyurtma berdi.
Strike Rate = 1,080 ÷ 1,200 × 100 = 90%
Demak, agentning har 10 tashrifdan 9 tasida samarali ishlagan.
Strike Rate’ning biznes uchun ahamiyati
Strike Rate savdo samaradorligini aniq ko‘rsatadi:
Yuoqri Strike Rate – agentlar samarali ishlamoqda, tashriflar natija beryapti, buyurtmalar barqaror.
Past Strike Rate – reja bajarilmayapti yoki agentlar mijoz bilan ishlash jarayonida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Strike Rate orqali siz:
Savdo jamoasining ish faoliyatini aniq baholaysiz
Zaif joylarni aniqlaysiz
Qarorlarni real ma’lumotlarga tayangan holda qabul qilasiz
Strike Rate’ni oshirish usullari
1. Trening va rivojlanish
Agentlarni mahsulotni taqdim etish, muloqot va muzokaralar bo‘yicha o‘qitish. Masalan, yangi mahsulotni do‘konga olib kirishdan oldin demo trening o‘tkazish, shuningdek, e’tirozlarni boshqarish va savdo ssenariylarini mashq qilish.
2. Marshrut va tashrif rejalashtirish
Optimallashtirilgan yo‘nalishlar agentlarga vaqtni tejash va maksimal mijoz soniga erishish imkonini beradi. Masalan, shaharning bir tumanidagi barcha do‘konlarni samarali tartibda ziyorat qilish.
3. Monitoring va hisobot
Tashriflar, buyurtmalar va mijoz javoblarini real vaqt rejimida kuzatish Strike Rate’ni oshirishga yordam beradi. Foto va video hisobotlar agentlar faoliyatini shaffof qiladi.
4. Motivatsiya tizimi
Agentlarni rag‘batlantiruvchi tizim – bonuslar, mukofotlar, natijaga asoslangan mukofotlar – samaradorlikni oshiradi.
5. Mijoz bilan ishlash standartlari
Savdo jarayonini standartlashtirish va mijoz tajribasini yaxshilash, masalan, buyurtma shakllarini soddalashtirish, tezkor javob berish va inventarni avtomatik tekshirish.
Strike Rate va boshqa KPI'lar o‘rtasidagi bog‘liqlik
Strike Rate boshqa ko‘rsatkichlar bilan birga tahlil qilinsa, yanada foydali bo‘ladi:
Tashriflarni bajarish darajasi – agent belgilangan joylarni qanchalik samarali ziyorat qilganini ko‘rsatadi
O‘rtacha buyurtma qiymati – har bir tashrifda mijoz qancha xarid qilganini bildiradi
Takroriy buyurtmalar va mijoz qoniqishi – uzoq muddatli samaradorlikni o‘lchaydi
Masalan, yuqori Strike Rate’ga ega agent, lekin o‘rtacha buyurtma qiymati past bo‘lsa, bu mijozlar faqat kichik buyurtmalar qilayotganini anglatadi. Shu sababli, barcha KPIlar birgalikda tahlil qilinishi muhim.
Sales Doctor bilan Strike Rate’ni oshiring
Sales Doctor tizimi savdo agentlari samaradorligini oshirish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etadi:
tashrif bosqichlarini moslashuvchanligini sozlash
aniq GPS joylashuvi va marshrut monitoringi
tashriflar monitoringi, jumladan, foto-hisobotlar
savdo faoliyatini nazorat qilish
turli KPI’lar va ularning bajarilishini real vaqt rejimida kuzatish
keng qamrovli tahliliy hisobotlar
Strike Rate – agentlar ishlashini baholashda oddiy, ammo samarali vosita. Savdo hajmini oshirmoqchi va biznesingiz rentabelligini kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, Sales Doctordan foydalaning.
Поделиться статьей:
© 2025 Все права защищены