Vaqtni boshqarish san'ati
Articles


Kun oxirida "Bugun nima qildim?" degan savolga javob topa olmayapsizmi?
Asl muammo vaqt kamligida emas, vazifalar tartibsizligida
Shu 2 ta savol esa barchasini o'zgartiradi: "Bu ish muhimmi? Shoshilinchmi?"
Shu yo'nalishda davom eting:
Muhim + Shoshilinch → Hozir bajaring
Bu - qoldirib bo'lmaydigan ishlar.
Misol: Mijoz bilan ishlash, tayyorgarlik, muammolar.
Muhim + Shoshilinch emas → Rejalashtiring.
Muhim toifalardan. Strategiya, o'rganish, salomatlik, rivojlanish.
Bugun farqi ko'rinmasligi mumkin. Lekin vaqt o'tgach natijasini beradi.
Eslatmalar ro'yxatiga kiriting. Tizimli bajaring.
Shoshilinch + Muhim emas → Topshiring
Misol: kimdir javob kutayapti. Tezkor muloqot.
Lekin bu - sizning asosiy maqsadingiz emas.
Buni boshqa odamga topshiring. Imkoni bo'lmasa - tez hal qilib, davom eting.
Muhim ham, shoshilinch ham emas → Ro'yxatdan o'chiring
Soatlab ijtimoiy tarmoqda o'tirish. Keraksiz tekshiruvlar. Ma'nosiz suhbatlar.
Bular vaqtni emas - diqqatingizni yeydi.
Qisqartiring. Kerak bo'lsa - to'liq yo'qoting

Amaliy maslahat:
Har kuni ishni boshlashdan oldin 5 daqiqa shu to'rtta toifaga qarang.
Vazifalarni saralang.
Shunda siz "ishlayapman" emas - "to'g'ri ishlayapman" deya olasiz.
Nega ishlarni bunday uslubda ajratish muhim?
Ko‘pchilik vazifalarni boshqarish usullarini “oddiy maslahat” deb qabul qiladi. Aslida esa bu — biznes natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan tizim.
Agar vazifalar ustuvorligi noto‘g‘ri bo‘lsa, quyidagi muammolar paydo bo‘ladi:
1. Daromadga ta’sir qiladi
Siz muhim bo‘lmagan ishlar bilan band bo‘lib, real pul keltiradigan vazifalarni kechiktirasiz. Natijada -sotuvlar pasayadi yoki o‘sish sekinlashadi.
2. Mijozlar yo‘qotiladi
Muhim va shoshilinch vazifalar vaqtida bajarilmasa, mijoz kutmaydi. U boshqa variantni tanlaydi.
3. Doimiy “bandlik” hissi paydo bo‘ladi
Kun davomida ishlaysiz, lekin natija yo‘q. Bu esa motivatsiyani tushiradi va charchoqqa olib keladi.
4. Jamoa noto‘g‘ri ishlay boshlaydi
Agar siz ustuvorlikni aniqlamasangiz, jamoa ham shunchaki “tez bitadian” ishlarni qiladi, “kerakli” ishlarni emas.
Agar siz vazifalarni to‘g‘ri ajratsangiz:
Fokus muhim ishlar ustida bo‘ladi
Vaqt samarali ishlatiladi
Jarayonlar tezlashadi
Sotuv va natijalar o‘sadi
Bu oddiy ko‘rinadi.
Lekin aynan shu yondashuv kuchli va sust biznes o‘rtasidagi farqni yaratadi.
Share:
Other Projects
© 2025 All rights reserved
Other Projects
© 2025 All rights reserved